“Manchester Yunayted” jamoasining germaniyalik yarim himoyachisi Bastian Shvaynshtayger noyabr oyida muxlislar o`rtasida o`tkazilgan so`rovnomada eng yaxshi futbolchi deb topildi.
Shvaynshtayger muxlislarning 55 foiz ovozini to`plagan. Undan keyingi o`rinni esa Kris Smolling egalladi. Smollingga 30 foiz ovoz berilgan. Uchlikni esa 15 foiz ovoz bilan Jessi Lingard yakunlab berdi.





