“Bavariya” jamoasi hujumchisi Tomas Myuller Bundesliganing eng ko`p maosh oluvchi futbolchisi bo`ladi.
“SE” nashri bergan xabarga ko`ra, Myuller “Bavariya” bilan shartnomasini 2021 yilga qadar uzaytirgan. Endilikda Tomasning yillik moyanasi 8 dan 17 million evrogacha ko`tariladigan bo`ldi.
Ilgari “Bavariya”da eng ko`p maoshni Frank Riberi va Filipp Lamlar 14 million evrodan olishar edi.





