“Toshshaxartransxizmat” AK Toshkent shahridagi 1-avtobus marshrutini uzaytirdi. Bu haqda kompaniya rasmiy sayti ma`lumot bermoqda.
Endilikda 1-avtobus Ahmad Yugnakiy mavzesidan “Paxtakor” metro bekatigacha boradi. Marshrutning o`rtacha uzunligi 17 kilometrdan ko`proqni tashkil etadi. Avtobus bu masofani 47,5 daqiqada bosib o`tadi.
Oldin 1-avtobus so`nggi bekati Toshkent univermagi yonidagi bekat hisoblanar edi. Shuningdek bu yo`nalishda qatnagan Isuzu avtobusi o`rniga Mercedes-Benz rusumli avtobus qo`yilishi ko`zda tutilmoqda.





