Poytaxtimizda O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi, Evropa Ittifoqi va YuNISEFning “O`zbekistonda onalik va bolalikni muhofaza qilish xizmatlarini takomillashtirish” qo`shma loyihasi natijalariga bag`ishlangan anjuman bo`lib o`tdi.
O`zbekiston Respublikasi sog`liqni saqlash vaziri o`rinbosari Laziz To`ychiev, Evropa Ittifoqining mamlakatimizdagi delegasiyasi rahbari, elchi Yuriy Shterk, YuNISEFning O`zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Robert Fuderich, Jahon sog`liqni saqlash tashkilotining mamlakatimizdagi vakolatxonasi rahbari vazifasini bajaruvchi Oktay Go`zalov va boshqalar Prezident Islom Karimov rahnamoligida sog`liqni saqlash tizimida amalga oshirilayotgan keng ko`lamli islohotlar inson manfaatlarini ta`minlash, onalik va bolalikni muhofazalash, har tomonlama sog`lom, barkamol avlodni kamolga etkazishga xizmat qilayotganini alohida ta`kidladi.
Bugungi kunda mamlakatimiz bolalarining 92 foizi rivojlanish ko`rsatkichlari bo`yicha Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti standartlariga to`la mos keladi. “Save the Shildren” xalqaro tashkiloti reytingiga ko`ra, O`zbekiston dunyodagi bolalar salomatligi to`g`risida eng ko`p g`amxo`rlik ko`rsatadigan o`nta mamlakat qatoridan joy olgan.





