"Bunyodkor" stadiumida kechgan uchrashuvda Fabio Kannavaro shogirdlari penaltilar seriyasida 5:4 hisobida zafar quchdi. Asosiy vaqt 0:0 hisobida yakunlandi.
Birinchi bo'limda O'zbekiston terma jamoasi raqib darvozasi oldida bir qator xavfli hujumlar uyushtirdi, ammo hisob ochilmadi.
Ikkinchi bo'lim ham teng kurashlar ostida o'tdi. Har ikki jamoa darvozalar oldida xavfli vaziyatlar yaratgan bo'lsa-da, gol urilmadi va g'olib nomi penaltilar seriyasida aniqlandi. Unda O'zbekiston 5:4 hisobida ustun kelib, turnir bosh sovriniga ega chiqdi.
Ma'lumot uchun, har ikki jamoa birinchi turda ham g'alaba qozonganidan sabab, ushbu o'yin g'olibi turnir chempioni sifatida e'tirof etildi. Musobaqa reglamentiga ko'ra, o'yinlar durang bilan yakunlansa, g'olib penaltilar seriyasi orqali aniqlandi.
Guruhdagi ikkinchi uchrashuvda esa Gabon terma jamoasi Trinidad va Tobago ustidan penaltilar seriyasida 3:2 hisobida g'alaba qozondi. Ushbu bahsning asosiy vaqti 2:2 hisobida tugadi.






