AsosiySport

Messi va Neymar "Barselona"dan ketishi mumkin

“Barselona” jamoasi moliyaviy muammolar tufayli o`z hujumchilari Lionel Messi va Neymarni sotishi mumkin. Bu haqda “Lenta.ru” xabar bermoqda.  

Argentinalik va braziliyalik ikki futbolchi “Manchester Yunayted” yoki “Manchester Siti” klublaridan biri tarkibidan joy egallashi mumkin. Ammo “Barselona” imkon qadar o`zining eng yaxshi o`yinchilarini saqlab qolishga harakat qilishi ham ta`kidlanmoqda.  

Futbol klubidagi moliyaviy muammolar birinchi navbatda futbolchilar, murabbiylar va jamoaning boshqa a`zolariga katta miqdorda oylik maosh to`lash harajatlari bilan bog`liq. Shuning uchun eng ko`p haq to`lanuvchi ikki futbolchining sotilishi klubdagi moliyaviy vaziyatning o`nglanishiga olib keladi.

Joriy mavsumda Messi Barselona tarkibida 12 matchni o`tkazib, ettita golga mualliflik qildi. Neymar esa 17 uchrashuvda 16 marta raqiblar darvozasiga to`p kiritdi. 

    Boshqa yangiliklar