“Real” jamoasi yulduzi Krishtianu Ronaldu bosh murabbiy Rafael Benites bilan kelisha olmayapti.
Portugaliyalik futbolchi Ispaniya Kubogida “Kadis” bilan bo`ladigan bahs avvalida Benites bilan urishib qolgan, - deb xabar bermoqda Marca nashri. Bu voqea mashg`ulotlar vaqtida ro`y bergan.
Xabarlarga ko`ra, Ronaldu murabbiyning olib borayotgan ishidan qoniqmayapti, mashg`ulotlar jarayonidan ham ko`ngli to`lmayapti.





