AsosiyJamiyat

Yolg`iz keksalarga 7,7 milliard so`mga yaqin moddiy yordam ko`rsatildi

Milliy matbuot markazida O`zbekiston Kasaba uyushmalari federasiyasi tomonidan “Keksalarni e`zozlash yili” Davlat dasturi ijrosi doirasida amalga oshirilgan ishlarga bag`ishlangan matbuot anjumani bo`lib o`tdi. 

Tadbirda ehtiyojmand va yolg`iz keksalarga oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmonlar ajratish, uy-joylarini ta`mirlash, kommunal to`lovlariga ko`maklashish maqsadida 7,7 milliard so`mga yaqin moddiy yordam ko`rsatilgani ta`kidlandi.

Joriy yilning 1 dekabrigacha Kasaba uyushmalari federasiyasi hamda vazirlik va idoralarga qarashli 36 sanatoriy-sog`lomlashtirish maskanida qariyb 11,5 ming otaxon va onaxon sog`lomlashtirildi. 
Davlat dasturi ijrosi uchun O`zbekiston Kasaba uyushmalari federasiyasi kengashi tomonidan 73 milliard so`m mablag` yo`naltirildi. 

 

    Boshqa yangiliklar