AQSh Prezidenti Barak Obama Turkiya rahbari Toyib Erdo`g`an bilan Su-24 halokatidan so`ng Rossiya va Turkiya munosabatlarini muhokama qilganligini ma`lum qildi, deb xabar beradi “RIA Novosti”
“Biz muammoni hal etishning diplomatik usullari haqida gaplashdik”, — dedi Obama.
AQSh Prezidenti shuningdek, Turkiyanining o`z-o`zini himoya qilish huquqini qo`llab quvvatlashini ta`kidladi
"AQSh Turkiya hukumati va havo kengliklarini himoya qilish huquqini qo`llab-quvvatlaydi", — dedi AQSh Prezidenti





