AsosiyJamiyat

Dunyoda qariyb 37 million kishi OITSga chalingan

1988 yildan boshlab Birlashgan millatlar tashkiloti va Butunjahon sog`likni saqlash tashkiloti tashabbusi bilan har yili 1 dekabr OITS(Orttirilgan immunitet sindromi tanqisligi)ga qarshi kurash kuni sifatida nishonlanadi. 

Orttirilgan immunitet virusi- inson immun tizimiga putur etkazib, turli yuqumli kasalliklar va viruslarga qarshi kurashuvchi T va CD4 to`qimalarini parchalaydi. Virus immun to`qimalarining asosiy qismini parchalagandan so`ng inson OITSga chalinishi ehtimoli oshadi.  OITS-orttirilgan immunitet virusining eng so`nggi bosqichi hisoblanadi. Mana shu bosqichdan so`ng organizm xavfli virus bilan kurashish imkoniyatini yo`qotadi.

“RIA Novosti”ning ma`lumotlariga ko`ra, hozirgi kunda dunyo bo`yicha 36,9 million kishi OITSga chalingan. Har kuni 6300 ga yaqin kishi orttirilgan immunitet virusini yuqtiradi. OITSni butunlay davolab bo`lmasa-da, uning rivojlanish jarayonini sekinlashtiruvchi davo usullari mavjud. Statistik ma`lumotlarga ko`ra, OITS dunyo bo`yicha hayot darajasi past bo`lgan mamlakatlarda keng tarqalgan. O`tgan yillar davomida mana shunday mamlakatlarda yashaydigan bolalarning 35 foizi  OITSga chalingan onalardan dunyoga kelgan.

OITSga qarshi kurashning xalqaro ramzi o`zgacha uslubda buklangan qizil tasma hisoblanadi. Uni 2002 yilda 48 yoshida OITSdan vafot etgan rassom Frank Mur 1991 yilda yaratgan.

    Boshqa yangiliklar