Toshkent shahri va boshqa ayrim hududlarda 5 dekabr kuni qor yog`ishi mumkin. Bu haqda Gidrometeorologiya markazi rasmiy sayti ma`lumot bermoqda.
Ma`lumotlarga ko`ra 3-4 dekabr kunlari O`zbekistonda yomg`irli ob-havo kuzatiladi. Havo harorati kechasi o`rtacha 3-8 daraja issiq, kunduzi 12-17 daraja issiq bo`ladi.
5 dekabr kuni havo harorati ancha pasayishi kutilmoqda. Unga ko`ra, havo harorati kunduzi 3-8 daraja issiq bo`ladi, Toshkent shahri va boshqa ayrim hududlarda qor yog`ishi mumkin.
Tog`li hududlarda ham qor yog`ishi, tuman tushishi kutilmoqda, havo harorati kechasi va kunduzi 0-5 daraja issiq bo`ladi.





