Toshkent shahrida 1 dekabr, seshanba kuni 2 balli er osti silkinishlari yuz berdi. Bu haqda “uz24.uz” xabar bermoqda.
Evropa-O`rtaer dengizi seysmologik markazining ma`lumotlariga ko`ra, zilzila episentri Qirg`izistonning Jalolobod shahridan 58 kilometr uzoqlikda 30 km chuqurlikda joylashgan. Er osti silkinishlari magnitudasi 5,2 ballni tashkil etdi.
Eslatib o`tamiz, bu Toshkent shahrida so`nggi ikki oy ichida yuz bergan zilzilalarning oltinchisi. Bundan oldin 17,20,21,22 va 24 noyabr kunlari ham er osti silkinishlari kuzatilgan edi.





