AsosiySport

O`zbekistonlik tennischi Vlada Ekshibarova xalqaro turnirda g`alaba qozondi

Xalqaro tennis federasiyasi (ITF) tomonidan Isroilda o`tkazilgan xotin-qizlar o`rtasidagi xalqaro turnirning juftlik bahslarida hamyurtimiz Vlada Ekshibarova va rossiyalik Olga Doroshina muvaffaqiyatli ishtirok etdi, deb xabar beradi O`zA


Mazkur juftlik turnir musobaqalarida rossiyalik tennischilar Sofiya Salimova va Sofiya Vaynberg, ruminiyalik Teodora Kadar va moldovalik Yuliya Xelbet, isroillik Alona Pushkarevskaya va rossiyalik Darya Lodikovani engib, finalga chiqdi. 

Final uchrashuvida V.Ekshibarova va O.Doroshinaga AQSh vakili Alekmandra Morozova hamda chexiyalik Barboro Stefkova qarshilik ko`rsatdi. Keskin bahslarga boy o`tgan o`yinda Vlada va Olga raqiblarini har ikkala setda 6:2 hisobida mag`lubiyatga uchratdi. 

 

    Boshqa yangiliklar