AsosiySport

Osiyoning eng yaxshi yosh futbolchisi-o`zbekistonlik

29 noyabr kuni Nyu Deli shahrida 2015 yil yakunlariga ko`ra Osiyoning eng yaxshilarini taqdirlash marosimi bo`lib o`tdi.

O`zbekiston U-20 hamda Toshkentning "Bunyodkor" klubi a`zosi Dostonbek Hamdamov yilning eng yaxshi yosh o`yinchisi nominasiyasida g`olib deb topildi, deb xabar beradi O`FF rasmiy sayti. E`tiborlisi, mazkur nominasiyada faqatgina O`zbekiston vakillari g`oliblik uchun da`vogarlik qilishdi. Avvalroq xabar berilganidek, yilning eng yaxshi yosh futbolchisi nomiga Dostonbek Hamdamovdan tashqari, uning O`zbekiston yoshlar hamda Bunyodkor klubidagi jamoadoshlari Eldor Shomurodov hamda Zabihillo O`rinboevlar da`vogarlik qilishgan edi.

Ta`kidlash joiz, mazkur nominasiyadan tashqari O`zbekiston yana ikki nominasiyada – “erkaklar o`rtasida yilning eng yaxshi terma jamoasi” (O`zbekiston U-20 terma jamoasi) hamda “Ommaviy futbolni rivojlantirish” (O`zbekiston Futbol Federasiyasi) nominasiyalari bo`yicha g`oliblik uchun da`vogarlik qilishgan edi. Bu nominasiyalarda g`oliblik Avstraliya terma jamoasi hamda Yaponiya Futbol Uyushmasiga nasib etdi.

    Boshqa yangiliklar