AsosiyShou-biznes

Gulsanam Mamazoitovaga nima uchun e`tiroz bildirishdi

O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Gulbahor Erqulova internetdagi ijtimoiy tarmoqlarda faol san`atkorlardan sanaladi.

Xonanda bugun facebook.com tarmog`idagi shaxsiy sahifasiga O`zbekiston xalq artisti Gulsanam Mamazoitova va Farrux Raimov ijrosidagi “Kuyov” qo`shig`iga ishlangan klipdan lavha joylashtirib, o`z e`tirozlarini yozib qoldirdi, deya xabar beradi Qalampir.uz.

Gulbahor Erqulova o`zi fikrlarida to`ybop qo`shiqni ommaga reklama qilish maqsadga muvofiq emasligini, katta sahnaga chiqib, yurtni kuylagan xonandalar biroz o`ylab ish qilishlarini ta`kidlagan.

Qalampir.uz muxbiri Qamariddin Shayhov Gulbahor Erqulovaning bu fikriga Gulsanam Mamazoitovaning munosabati bilan qiziqqanida ular bu masalaga javoban fikr bildirmasliklarini ma`lum qilgan.

 

    Boshqa yangiliklar