Mamlakatimizda iqlim o`zgarishiga doir prognozlar O`zgidrometning milliy taqvimida taqdim etiladi.
Asosiy axborot qismi deyarli tayyor va 2016 yil boshida ekspertlar hukmiga havola etiladi. Hujjat keyingi yilning o`rtalarida qabul qilinadi.
Ma`lumotlarga ko`ra, so`nggi 100 yilda Toshkentda yillik o`rtacha havo harorati 1,7 darajaga ko`tarilgan.
Yaqin o`n yillikda O`zbekistonda issiq davrlar intensivligi kuzatilishi mumkin. Bu esa qurg`oqchilik va suv toshqinlarini keltirib chiqaradi, deb yozadi Uz24.uz nashri.
Yaqin 30-50 yilda O`zbekiston hududida Chotqol, Qashqadaryo va Surxondaryo daryolari havzalarida muzliklar yo`qolishi ehtimoli mvjud.





