AsosiyJamiyat

“O`zbekiston havo yo`llari”da “Airbus-320” samolyotining yangi trenajyori foydalanishga topshirildi

“O`zbekiston havo yo`llari” milliy aviakompaniyasining o`quv-mashg`ulot markazidagi trenajyor majmuasida “Airbus-320” samolyotining yangi Full-flight simulyatori foydalanishga topshirildi. 

Shu munosabat bilan o`tkazilgan brifingda milliy aviakompaniyamiz rahbariyati va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. 

Kanadaning “SAE” kompaniyasining yangi ishlanmasi – “A-320” samolyotining Full-flight simulyatori zamonaviy kompyuter ta`minoti, qo`zg`alish va vizualizasiya tizimlari bilan jihozlangan. “Tropos 6000 XR” vizualizasiya tizimi kollimasion ekran, aeroportlar ma`lumotlar bazasi va barcha ilovalar uchun yuqori sifatli tasvirni shakllantirishni ta`minlash maqsadida sanoat standartlariga muvofiq ishlab chiqilgan hamda nostandart vaziyatlarda murakkab va samarali vizual ko`rinishlarni aniqlash imkonini beradigan uch kanalli “IG” tizimidan iborat. 

Yangi trenajyor “A-320” avialaynerining olti bosqichli harakatlanuvchi platformada o`rnatilgan kabinasiga aynan o`xshaydi. 

 

    Boshqa yangiliklar