Fuqarolarning sifatsiz konservalangan mahsulotlardan zaharlanishining oldini olish kuz-qish mavsumida dolzarb vazifalardan biridir.
Aynan shunday mahsulotlarda ovqatdan zaharlanishning og`ir shakli bo`lgan botulizm kasalligini keltirib chiqaruvchi mikroblar ko`payadigan kislorodsiz muhit paydo bo`ladi.
O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligining Respublika davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi xodimi K.Boqievning so`zlariga ko`ra, mamlakatimizda botulizm kasalligining oldini olishga alohida e`tibor qaratilmoqda.
Joriy yil boshidan buyon tegishli ishchi guruhlari dehqon bozorlarida 5,5 mingga yaqin reyd o`tkazib, qariyb 4 mingta umumiy ovqatlanish ob`ektini o`rganib chiqdi, ta`lim va tibbiyot muassasalarida ma`rifiy tadbirlar o`tkazdi. Buning samarasida 2015 yilning 11 oyida mamlakatimizda ushbu turdagi infeksiyadan birorta ham zaharlanish holati qayd etilmagan.





