AsosiyJamiyat

Turkiya Respublikasining O`zbekistondagi elchixonasi "CU-24" mojarosi yuzasidan bayonot berdi

Bayonotda shunday deyiladi:

2015 yil 24 noyabr, seshanba kuni ertalab Turkiyaning Xatay viloyati Yayladag`i hududi  atrofida mamlakat chegarasiga juda yaqin bo`lgan masofada kimga tegishliligi noaniq bo`lgan 2 ta CU-24 samolyoti uchayotgani radar tizimi orqali aniqlangan.

Shu munosabat bilan mamlakat harbiy tashkilotlari mazkur samolyotlarga 5 daqiqa davomida 10 marotaba Turkiya havo xududiga yaqinlashganliklarini ma`lum qilib, chegarani buzmaslik haqida ogohlantirish bergan. Bunga qaramasdan har ikki samolyot ham Yayladag`i atrofida soat 09:24 dan boshlab sharq-g`arb yo`nalishida Turkiya havo hududini buzib o`tgan. Qoidani buzgan birinchi samolyot mamlakat havo hududini tark etgan. Qoida buzishni to`xtatmagan ikkinchi samolyotga esa havoda patrullik qilayotgan Turkiyaning G`-16 harbiy samolyotlari tomonidan, Turkiya havo hududida bo`lib turgan paytida o`t ochilgan. Urib tushirilgan samolyot Suriya hududlariga borib qulagan. Hujumga uchragan samolyotning ba`zi bo`laklari Turkiya chegaralari hududlariga tushgan va buning natijasida ikki nafar turk fuqarosi yaralangan.

Rossiyaning tegishli idoralari tomonidan keyinroq bildirilgan bayonotlardan urib tushirilgan samolyotning Rossiya Federasiyasiga tegishli ekanligi ravshan bo`lgan.

Shu munosabat bilan, qulagan samolyotga Turkiya havo hududini buzayotgan paytda o`t ochilganini alohida ta`kidlab o`tish zarur.

Suriya xavo hududidan mamlakat havo hududiga kirib, qoidani buzadigan har qanday havo transport vositalariga nisbatan qo`llanadigan tartib-qoidalar yuzasidan barcha tegishli tomonlarga o`z vaqtida ko`p marotaba izoh berilgan.

2015 yil 3-4-oktyabr kunlari Turkiya havo hududi Rossiya Federasiyasi samolyotlari tomonidan buzilgandan keyin bunga bog`liq amaldagi tartib-qoidalar Anqara va Moskvada Rossiyaning tegishli idora va tashkilotlariga turli darajalarda bir necha marta ochiq-oydin izoh etilgan bo`lib, mutasaddilarga ogohlantirish berilgan. Turkiya Tashqi ishlar vazirligiga taklif qilingan Rossiya Federasiyasining Favqulodda va muxtor elchisiga turk uchuvchilarining Suriya tomonidan kelib, havo hududini buzadigan harbiy havo transportlari kimga tegishli ekanligidan qat`iy nazar, urib tushirish borasida doimiy buyruq olganligi, bunday tartibbuzarlik yana takrorlanadigan bo`lsa, bunday holat yuzasidan barcha javobgarlik butunlay Rossiya tomonida bo`lishi aniq ta`kidlanib, boshqa bunday tartibbuzarlikning takrorlanmasligiga umid bildirilgan.

Rossiya Federasiyasi vakolatli idoralari Turkiya tartib-qoidalari haqida xabardor bo`la turib, yuzaga kelgan so`nggi voqeada ham qoidani buzayotgan samolyotlar mamlkat radar tizimining ko`p martalab ogohlantirishiga e`tibor bermagan. Natijada havo hududini buzishni davom ettirayotgan va o`sha payt kimga tegishliligini aniqlashning iloji bo`lmagan samolyot havf sifatida qabul qilingan va unga nisbatan amaldagi havflarga javob berish tartibi qo`llanilgan. Bu, biz uchun umuman hech qanaqasiga kelib chiqishi hohlanmagan holatdir. Bu voqeadan qayg`udamiz.

Shuni aloqida ta`kidlab o`tish kerakki, Turkiya tomonidan Rossiya tomoniga bunday holatni umuman yuzaga kelishiga mutlaqo yo`l qo`ymaslik zarurligi ko`p marta aytilgan, bu borada ochiq-oydin, samimiy tarzda, takror va takror zarur izoh va ogohlantirishlar berilgan. Shu sababli, bo`lib o`tgan qayg`uli hodisaning javobgarligi umuman Turkiya tomonida emas.

Rossiya Federasiyasiga tegishli ekanligi keyinroq Rossiyaning vakolatli idoralarining bayonotidan aniq bo`lgan samolyotning mamlakat havo hududini buzganligi uchun urib tushirilganligi holati, maktub orqali BMT Bosh kotibi hamda Xavfsizlik kengashi a`zolariga ma`lum qilingan. Shu bilan bir vaqtda BMT Xavfsizlik kengashi doimiy a`zolarining Anqara shahridagi elchilari Tashqi ishlar vazirligiga alohida alohida taklif etilib, xabardor etilganlar.

Buzilgan suveren Turkiya havo hududi shu bilan birga NATO havo hududi hamdir. Shu munosabat bilan Turkiya tomonining talabiga binoan NATO Bosh kotibining 2015 yil 24-noyabr kuni o`tkazgan NATO kengashining navbatdan tashqari yig`ilishi chog`ida ittifoqchilar ham xabardor etildi. Ittifoqchi mamlakatlar Turkiya bilan kuchli birdamlik ichida ekanliklarini izhor etganlar.

NATO bosh kotibi yig`ilish yakuni bo`yicha matbuotga bergan o`z bayonotida, Rossiya Federasiyasining NATO chegaralariga yaqin joyda harbiy harakatlarining aksidan his etayotgan tashvishni avvalroq ham izhor etganini eslatib, bo`lib o`tgan hodisaning, bunday vaziyatlarga tushmaslik uchun ishlab chiqilgan tartib-qoidalarning va ularga hurmat bilan qarashlikning ahamiyatini ta`kidlab, ko`p marotaba aytib o`tilganidek, NATOning Turkiya bilan birdamlik ichida ekanligi hamda ittifoqchi mamlakat bo`lgan Turkiyaning hududiy yaxlitligini qo`llab-quvvatlashini bildirgan.

Bundan tashqari NATO bosh kotibi ko`plab ittifoqchilardan hodisa ro`y bergan kun olingan ma`lumot va baholashlarning ham Turkiya bergan ma`lumotlar bilan hamohangligini ta`kidlagan.

Turkiya Respublikasi prezidenti AQSh va Fransiya prezidentlar bilan, Turkiya Respublikasi Bosh vaziri esa Buyuk Britaniya, Italiya va Ispaniya Bosh vazirlari bilan aloqaga chiqqan hamda mazkur hodisa haqida ma`lumot bergan.

Turkiyaning bu hodisani eskalasiya qilishdek niyati yo`q. Lekin shu bilan birgalikda mamlakat suvereniteti va hududiy yaxlitligiga qarshi havf-xatarlarga ham chidab turishlikni ham kutmaslik lozim.

Turkiya tomoni Suriya inqirozini ham, yuzaga kelgan oxirgi voqeani ham Turkiya-Rossiya inqirozi sifatida qabul qilmaydi. Bu voqeada tartibbuzarlikdan oldin va tartibbuzarlik chog`ida bir necha marotaba ogohlantirishlarga qaramasdan mamlakat chegarasini buzgan, o`sha paytda kimga tegishli ekanligi noaniq bo`lgan noma`lum samolyot amaldagi havflarga javob berish tartibi asosida nishonga olingan. Turkiya tomoni Rossiyaning tegishli idoralari bilan bu borada ham, ikki tomonlama va mintavaqiy masalalar haqida ham, avvalgidek, konstruktiv muloqotga tayyor.

Bundan tashqari Vena konvensiyasiga asosan, Turkiyaning Rossiyadagi diplomatik va konsullik vakolatxonalari xavfsizligining ta`minlanishi borasida Rossiya tomonining zarur chora-tadbir ko`rishi kutib qolinadi.

Boshqa tomondan, urib tushirilgan samolyot uchuvchilaridan birining sog`-salomat ekanligi xabari mamnuniyat bilan qabul qilindi. Turkiya tomoni narigi uchuvchining taqdiri borasidagi sa`y-harakatlarda Rossiyaning tegishli idoralariga qo`lidan kelgan hayrihohlikni ko`rsatishga tayyor.

    Boshqa yangiliklar