Xalqaro tennis federasiyasi (ITF) tomonidan Isroil va Turkiyada tashkil etilgan xotin-qizlar o`rtasidagi musobaqalarda hamyurtlarimiz muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda, deb xabar beradi O`zA
Isroilda o`tayotgan musobaqaning yakkalik bahslarida Vlada Ekshibarova dastlab ukrainalik Veronika Stotikani 6:2, 6:7, 6:1, ikkinchi davrada moldovalik Yuliya Xelbetni 6:4, 6:1 hisobida mag`lubiyatga uchratib, chorak finalga yo`l oldi.
Final yo`llanmasi uchun o`tadigan uchrashuvda V.Ekshibarova hamda O.Doroshina isroillik Alona Pushkarevskaya va rossiyalik Darya Lodikovaga qarshi kortga chiqadi.
Turkiyaning Antaliya shahrida davom etayotgan xalqaro turnirda o`zbekistonlik Arina Fols birinchi davrada italiyalik Juliya Kreschensini 6:1, 6:2 hisobida engdi. U ikkinchi davrada bolgariyalik Diya Evtimova bilan bahslashadi.





