AsosiyJamiyat

Ukraina telekanalida O`zbekiston haqida ko`rsatuv namoyish etildi

Ukrainaning “ICTV” telekanali mamlakatimizning ulkan sayyohlik salohiyati, boy tarixi va madaniyati, shuningdek, Samarqand, Buxoro va Xiva singari qadimiy shaharlari haqida beshta ko`rsatuvlarni tomoshabinlar e`tiboriga havola etdi.

“Jahon” AA xabar berishicha, telekanalda o`zini o`zi boshqarish instituti hisoblangan “Mahalla” haqida alohida ko`rsatuv namoyish etildi.

Telekanal muxlislari mamlakatimizdagi milliy kulolchilik sir-asrorlarini o`zida mujassam etgan ko`p asrlik sopol buyumlari yasash san`ati, milliy bezaklar tayyorlash va boshqa ko`plab hunarmandchilik an`nalari haqida batafsil ma`lumotga ega bo`ldilar.

Bundan tashqari, ko`rsatuvdan xorijlik mehmonlarning mamlakatimiz iqtisodiy salohiyati, o`zbek xalqining milliy an`analari va urf-odatlari haqidagi fikr-mulohazalari ham o`rin olgan. Shuningdek, mualliflar yurtimizdagi mahalliy aholining o`ziga xos jihatlariga ham alohida to`xtalib o`tishgan.


Teledasturlar namoyishi chog`ida “ICTV” vakillari O`zbekistonda bebaho tarixiy-madaniy yodgorliklarni asrab-avaylashga qaratilgan samarali chora-tadbirlardan hayratda ekanliklarini bildirdirish bilan birgalikda yurtimiz sayyohlik salohiyatini yuksak baholadilar.

    Boshqa yangiliklar