Bugungi kunda Namangan ahli oldida turgan ulkan vazifalarni bajarishda ko`p narsa viloyat boshqaruvida rahbarlik vazifasida o`tirgan shaxslarga, eng avvalo, ishni to`g`ri tashkil etib, el-yurtni katta maqsadlar sari o`z ortidan ergashtira oladigan birinchi rahbarning mas`uliyatiga bog`liq, deydi mamlakatimiz rahbari 26 noyabr kuni xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida so`zlagan nutqida.
Ana shu nuqtai nazardan qarab, viloyat hokimi Bahodir Yusupovning faoliyatiga baho beradigan bo`lsak, afsuski, oxirgi paytlarda uning ishida o`zibo`larchilik, beparvolik va loqaydlik, sustkashlik kayfiyati kuchayib borayotganini ko`rish mumkin,
Shular sababli B.Yusupov Namangan viloyati hokimi vazifasidan ozod qilindi.





