Endi avtomobillarga yanada qulay taksometrlar o`rnatiladi. Bu haqda “O`zaxborottrans” MChJ bo`lim boshlig`i ma`lumot beradi.
Ushbu taksometrlarning narxi 1,5 mln so`m bo`lib, bu mablag` evaziga bir yillik servis xizmatlari ham kiradi.
Mazkur taksometrning avvalgilaridan asosiy farqi ular avtomobil ichida juda kam joyni egallaydi hamda yo`ldagi silkinishlar yoki nosozliklar tufayli yozuvlari o`chib ketmaydi.
Mazkur moslama Turkiyada ishlab chiqarilgan bo`lib, u DTS-07 deya nomlanadi.





