Milliy matbuot markazida kuz-qish mavsumida favqulodda holatlarning oldini olish bo`yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarga bag`ishlagan matbuot anjumani o`tkazildi.
O`zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma`lumotlariga ko`ra, joriy yilning 10 oyida fuqarolarning yopiq inshootlarda is gazidan zaharlanishi va gaz-havo aralashmasi chaqnashi bilan bog`liq 17 favqulodda holat ro`yxatga olingan.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi bunday holatlarning oldini olish, fuqarolar hayotini saqlash va salomatligini muhofaza qilish maqsadida tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda Yopiq inshootlarda tabiiy gazning sirqib chiqishi va fuqarolarning is gazidan zaharlanishining olish tadbirlari kompleks rejasini ishlab chiqdi. Mazkur rejaga muvofiq, vazirlik ko`plab profilaktika tadbirlarini o`tkazmoqda.





