AsosiyJamiyat

Ta`mirtalab yo`llar uchun kim mas`ul?

Jizzax viloyati Baxmal tumani Muzbuloq MFY So`pi qishlog`ida yashovchi Talantbek To`ychievning 4R40 "Dashtobod-Zomin-Baxmal- G`allaorol" avtomobil yo`li nosozligi haqidagi “Darakchi”ga qilingan murojaati Respublika yo`l jamg`armasi tomonidan o`rganishga yuborildi. Buning natijasi bilan quyida tanishishingiz mumkin.

O`rganish natijalariga ko`ra, murojaatda qayd etilgan yo`l umumfoydalanuvdagi avtomobil yo`li bo`lib, 2013-2014 yillarda Jamg`arma mablag`lari hisobidan to`liq ta`mirlanib, foydalanishga topshirilgan. Ma`lumotda qayd etilishicha, murojaatda qayd etilgan yo`lning 0-14,5 km. qismida 2015 yilda ham ta`mirlanish ishlari olib borilgan.

2015 yilda qurish, qayta qurish va to`la ta`mirlash yo`l ishlari Dasturlariga kiritilmagan qismlariga "O`zavtoyo`l" DAK tizimidagi tegishli tashkilotlar  tomonidan joriy ta`mirlash va saqlash ishlari olib borilgan.

Shuningdek, Andijon viloyati Marhamat tumani Jiydamazor MFYda yashovchi fuqaro H.Yo`ldosheva va boshqalar tomonidan yozilgan arizada keltirilgan ko`cha xo`jaliklararo qishloq avtomobil yo`llari hisoblanadi hamda mahalliy byudjet mablag`lari hisobidan ta`mirlash hamda saqlash ishlari amalga oshiriladi. Mahalliy byudjet hisobidan amalga oshiriladigan yo`l ta`mirlari esa mahalliy hokimiyat zimmasida. Demak, arizada qayd etilgan yo`lni ta`mirlash hamda saqlash bo`yicha Andijon viloyati Marhamat tuman hokimligiga murojaat qilish maqsadga muvofiq.

 

 

    Boshqa yangiliklar