AsosiyJamiyat

Issiqlik ta`minoti bilan muammolar yuzaga kelsa qaerga murojaat qilamiz?

26 noyabr kuni Toshkent shahar hokimyati binosida “Toshissiqquvvati” ishlab chiqarish birlashmasi unitar korxonasi bosh direktori Farhod Hamidxonov hamda jurnalislar ishtirokida matbuot anjumani bo`lib o`tdi.

Unda joriy yilda Toshkent shahridaga kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik masalalari ko`rib chiqildi. Tadbir davomida jurnalistlar o`zlarini qizitirgan savollarga  javob olishdi.

Ma`lum qilinishicha, bugungi kunda “Toshissiqquvvat”da 3 mingdan ortiq ishchi, xizmatchilar xizmat qilishadi. Bu xodimlar har oyda o`z tumanlari va bo`limlarida zaruriy tayyorgarliklardan o`tishadi.

Tadbirda ishtirok etgan “Darakchi.uz” muxbiri quyidagi savollar bilan birlashma rahbariga murojaat qildi:

  • Xonadonlarga boradigan issiq suv gradusi qancha bo`lishi kerak? Agar ertalab soat 5 larda issiq suvni ochsak kamida 100-150 litr suvdan keyin issiq suv kela boshlaydi. Bu esa bizga yaxshigina harajatga tushadi?
  • Har bir bino ichidagi issiqlik tarmog`ida o`zining liniyasi bor, bunday holatlarda yashayotgan hududdagi fuqarolar shirkatlarga murojaat qilish kerak bo`ladi.
  • Uchtepa tumani Chilonzor 12 kv 44 uyda istiqomat qiladigan fuqoralarimizning murojaatiga ko`ra, ularning uylarida bir xonada issiqlik tizimi ishlasa, boshqa xonada ishlamas ekan. Ko`pincha ertalablari issiqlik tizimi o`chib qolar ekan. Bu holatda fuqorolarimiz qaerga murojaat qilishlari kerak?
  • Toshissiqquvvat issiqlikni o`sha binoga etkazib bergandan so`ng, bu masalaga   uy-joy mulkdorlari shirkati ham javobgar bo`ladi. Bunday hollarda 227 08 34 ishonch telefonlariga murojaat qilish mumkin.

    Boshqa yangiliklar