AsosiyJamiyat

Buxoroda aksilterror harbiy-taktik mashg`ulotlari o`tkazilmoqda

Buxoro shahar xavfsizligini ta`minlash rejasiga muvofiq joriy yilning 25-26 noyabr kunlari shahar hududida viloyat ichki ishlar, favqulodda vaziyatlar, bojxona boshqarmalari, tegishli harbiy qismlar hamda boshqa hamkor tashkilotlar tomonidan harbiy amaliyot, taktik mashg`ulotlar bo`lib o`tadi. Bu haqda viloyat hokimligi sayti xabar bermoqda. 

Tabiiy va texnogen hamda aksilterror xususiyatli favqulodda vaziyatlar chog`ida jangovar-taktik ko`nikmani shakllantirish, milliy armiyamiz salohiyatini namoyish etish maqsadida tashkil etiladigan o`quv mashg`uloti jarayonida Vatan posbonlari o`z mahoratlarini yana bir bor sinovdan o`tkazadilar. 
An`anaviy tarzda o`tkazilayotgan bu kabi harbiy o`quv mashg`ulotlari yurtimiz tinchligi hamda aholi osoyishtaligini ta`minlashga xizmat qilishi ta`kidlanmoqda

 

    Boshqa yangiliklar