So`nggi yillar tinimsiz ijod qilib, estrada xonandalari bilan ketma-ket duet kuylashdan charchamayotgan Xorazm vohasi vakili Bunyodbek Saidov 2016 yilga atalgan yangi 16 ta qo`shiq yozib tugatdi.
Shuningdek xonanda dekabr oyida Urganch shahrida o`zining navbatdagi yakkaxon konsert dasturini taqdim etishni rejalashtirdi. “Na deydi”, “Mazali” nomli qo`shiqlarga esa klipmeyker Dilmurod A`zamov bilan yangi klip suratga olinmoqda.
Bundan tashqari xonanda dekabr oyida, yangi yilga qadar Evropa bo`ylab gastrol safariga borib qaytishini alohida ta`kidlab o`tdi.





