Osiyo futbol Konfederasiyasi o`tib borayotgan yil uchun qit`amizning eng yaxshilarini aniqlash tadbirini o`tkazadi. Marosim Hindistonning Nyu-Deli shahrida bo`lib o`tadi.
Bugunga kelib, barcha no`nalishlar bo`yicha eng yaxshi nomzodlar tanlab olindi. Quvonarlisi shundaki, ushbu nominasiyalar orasida O`zbekiston vakillari ham bor, deya xabar beradi uff.uz sayti.
Demak, yilning eng yaxshi terma jamoasi nomzodlari orasida O`zbekiston U-20 terma jamoasi kiritilgan.
Nomzodlar bilan tanishing:
AFC National Team of the Year:
Avstraliya milliy terma jamoasi
Janubiy Koreya milliy terma jamoasi
O`zbekiston U-20 terma jamoasi
Bundan tashqari, Ommaviy futbol targ`iboti bo`yicha eng yaxshilar orasida O`zbekiston ham bor.
AFC President Recognition Awards for Grassroots Football:
Eron
Yaponiya
O`zbekiston
Va nihoyat quvonarlisi, yilning eng yaxshi yosh futbolchilar orasida bir yo`la uch nafar futbolchimiz o`rin egalladi.
AFC Youth Player of the Year:
Dostonbek Hamdamov
Eldor Shomurodov
Zabihullo O`rinboev
Ko`rib turganingizdek, mazkur nominasiyada boshqa mamlakat vakillari yo`q.





