AsosiySport

Farrux Do`stov Braziliyada o`tkaziladigan “Chellenjer” turnirida ishtirok etadi

 O`zbekistonlik tennischi Farrux Do`stov bugun 25 noyabr kuni Braziliyaning San-Paulu shahrida boshlanadigan “Chellenjer” turnirining so`nggi tur o`yinlarida ishtirok etadi. Bu haqda “12news.uz” xabar bermoqda.

Do`stov A guruhida italiyalik Paolo Lorensi, ispaniyalik Daniel Munos De La Nava va Inigo Servantes-Vegunga qarshi kortga tushadi.

V guruhida esa braziliyalik Gilerme Klezar, argentinalik Gvido Pelya, italiyalik Marko Chekkinato va moldaviyalik Radu Albotlar  kuch sinashadi.   

Yarim finalga yo`llanma olish uchun Farrux o`z guruhidagi birinchi  yoki ikkinchi o`rinni egallashi kerak.

 

    Boshqa yangiliklar