AsosiyJamiyat

Toshkentda moda haftaligi start oldi

Poytaxtimizda 24-29 noyabr kunlari Italiya moda palatasi va “Osiyo ramzi”  dizaynerlar assosiyasiyasi tomonidan tashkil etilgan Toshkent moda haftaligi bo`lib o`tadi.

Haftalik tadbirlarida o`zbekistonlik yosh dizaynerlar defilesi, o`zbekistonlik va chet ellik dizaynerlarning mualliflik namoyishlari, “Milliy liboslar” festivali, turli mahorat darslari va seminar-trening mashg`ulotlari hamda festival yopilish marosimida konsert dasturi o`tkazilishi rejalashtirilgan.

Haftalik namoyishlari “Yoshlar madaniyat va san`at saroyi” ko`rgazmalar zalida, mahorat darslari esa Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxona konferens zallarida bo`lib o`tadi. 

Tashkilotchilarning so`zlariga ko`ra, Toshkent moda haftaligida italiyalik mashhur dizaynerlar, xususan Italiya moda Palatasi Prezidenti Mario Bozelli ishtirok etadi.  

Moda haftaligi doirasida shuningdek barcha viloyatlardan sartaroshlar, kosmetologlar, neyl-dizaynerlarni birlashtiruvchi stilist va vizajistlar tanlovi ham o`tkaziladi.  

    Boshqa yangiliklar