AsosiyShou-biznes

Munisa Rizaevani qiynagan savolga muxlisning kutilmagan javobi

Munisa Rizaevaning “Instagramm”dagi sahifasida muxlislariga bir savol bilan murojaat qilgan:

“Hech qanday tashqi go`zallik ichki go`zallik bilan teng kelmaydi!!! Go`zal odamlar ko`p, ammo ularning ko`ngillari ham go`zal deb bo`larmikin?”

Xonandaning mazkur savoliga Nigusha81 ismli muxlisning javobi e`tiborimizni tortdi. Unda shunday deyiladi: “Bugun butun shou-biznes ko`ngil go`zalligi haqida yozyapti. Ammo shunga qaramay, shishirilgan lablar, silikonli tana a`zolari hamda ma`nisiz qo`shiqlari bilan sun`iylikni avj oldirayotgan san`atkorlar soni ortib boryapti. Ehtimol sizning go`zalligingiz ham tabiiy emasdir, baribir ijodingizni hurmat qilaman. Omad!”

Xullas, Munisa muxlisidan mana shunday kutilmagan javobni ham oldi. Barcha san`atkorlarimizga ham ko`ngil, ham tashqi go`zallikni tilab qolamiz.

 

 

    Boshqa yangiliklar