AsosiyDunyo

Kanadaning Bryusseldagi elchixonasi yopildi

Kanada Bryusseldagi elchixonasi faoliyatini vaqtincha to`xtatdi. Bu haqda “Lenta.ru” xabar bermoqda.

Ma`lumotlarga ko`ra, Kanada tashqi ishlar vazirligi tvitterdagi rasmiy sahifasida bu haqda xabar qoldirilgan. 

“Bizning Bryusseldagi elchixonamiz noma`lum vaqtga qadar yopildi va hozircha faqatgina kechiktirib bo`lmaydigan konsullik topshiriqlarini bajarish bilan cheklanadi” , — deyiladi xabarda.

Eslatib o`tamiz, 21 noyabr kuni Belgiya poytaxtiga hujum uyushtirilishi haqidagi ma`lumotlardan so`ng    Bryusselda terrorristik xavf-xatar o`zining eng yuqori to`rtinchi bosqichiga ko`tarilgan edi.  Kecha 22 noyabr kuni esa xavf-xatar rejimi kamida yana bir sutkaga uzaytirilgan edi.

 Bryusselda metro, er osti yo`lidan o`tuvchi tramvay, kinoteatr, muzey va konsert zallari faoliyati to`xtatilgan, ommaviy tadbirlar bekor qilingan, jamoat joylari nazorati kuchaytirilgan.

Eslatib o`tamiz, 19 noyabrda Belgiya polisiyasi Parij teraktlariga aloqadorlikda gumon qilinayotgan to`qqiz kishini qo`lga olgan.

 

 

 

    Boshqa yangiliklar