AsosiyJamiyat

Olimlar erkaklar va ayollar intellektual salohiyati teng ekanligini isbotladi

Amerikalik olimlar tadqiqotlar yordamida ayollar va erkaklarda intellektual salohiyat mutlaq teng ekanligini isbotladi. Bu haqda “trkterra.ru” sayti xabar bermoqda.

Bosh miyaning IQ-imkoniyatlarga javobgar qismi har ikki jins vakillarida bir xil ekanligi o`z isbotini topdi. Rozalind Franklin nomidagi fan va tibbiyot universiteti ilmiy xodimlari 6000 kishidan iborat ko`ngillilarni MRT-skanerdan o`tkazishdi. 76 ta turli tadqiqotlar jarayonida barcha ma`lumotlar o`rganildi.

Tadqiqot natijalariga ko`ra, miyaning  xotira uchun javobgar hisoblanuvchi gippokamp qismi ikki jins vakillarida ham bir xil. Faqat ayrim hollardagina kichik tafovutlar kuzatilishi mumkin.

Shu tarzda olimlar ko`p yildan beri erkaklar ayollarga nisbatan aqlliroq degan stereotip haqiqatdan yiroq ekanligini isbotlashga muvaffaq bo`lishdi.  Bundan tashqari, insonning  IQ-imkoniyatlari uning jinsiga emas, balki tarbiyasi, genetik xususiyatlari va atrof-muhitga bog`liq ekanligi ham ma`lum bo`ldi.      

 

 

 

    Boshqa yangiliklar