Rossiyaning Saratov viloyati Balokovo shahrida oltita avtombil ishtirokidagi yo`l-transport hodisasi sodir bo`ldi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Ma`lumotlarga ko`ra, 18 dan 19 noyabrga o`tar kechasi mast holatdagi voyaga etmagan qiz otasining VAZ-2114 rusumidagi avtomobilida ko`chaga chiqqan. U to`satdan boshqaruvni yo`qotib uylardan birining hovlisida qoldirilgan avtomobillarga borib urilgan.
Hodisa oqibatida VAZ-2112, VAZ-2110, Chevrolet Lacetti, Suzuki, Renault Duster kabi avtomobillarga zarar etgan.
Qonunbuzarlik mas`uliyati qizning ota-onasi zimmasiga yuklatilgan.





