AsosiyDunyo

Telegram “Islom davlati” terrororchilik guruhiga aloqador 78 ta kanalni blokirovka qildi

Telegram messenjeri  12 tildagi “Islom davlati” terrorchilik guruhi bilan aloqadorlikda gumonlanayotgan 78 ta kanalni blokirovka qildi. Bu haqda “Lenta.ru” xabar bermoqda.

“Biz elektron pochtamiz orqali qabul qilingan barcha shikoyatlarni sinchkovlik bilan o`rganib chiqdik va shubha ostidagi kanallarni blokirovka qilish chora-tadbirlarini ishlab chiqdik”, —deyiladi xabarda.

Messenjer ma`muriyatining xabar berishicha, Telegram’ning yangilangan talqinida foydalanuvchilar nomaqbul ma`noga ega axborotlar haqida messenjer ma`murlariga xabar berishlari mumkin.

16 noyabr kuni Davlat Dumasi konstitusion qo`mitasi boshlig`i o`rinbosari  Aleksandr Ageev Federal xavfsizlik xizmati boshlig`i Aleksandr Bortnikovdan Telegram messenjeri “Islom davlati” terrorchilik guruhi tomonidan foydalanilayotgani haqidagi ma`lumot o`z tasdig`ini topgan taqdirda  Rossiya hududida messenjerdan foydalanishda cheklov o`rnatish imkoniyatini ko`rib chiqishni so`ragan edi.

Ijtimoiy tarmoq asoschisi Pavel Durov bu g`oyaga nisbatan o`z fikrini bildirib, “So`zlarni ta`qiqlash” taklifini bergan edi.

“Terrorchilar aynan so`zlar orqali muloqot qilishlari  haqida ma`lumotlar bor”, — dedi Durov.

 

 

 

 

 

 

    Boshqa yangiliklar