AsosiyJamiyat

Pokiston Bosh vazirining O`zbekistonga rasmiy tashrifi nihoyasiga etdi

Mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Muhammad Navoz Sharif 18 noyabr kuni poytaxtimizdagi Mustaqillik maydoniga tashrif buyurdi.

Oliy martabali mehmon hurriyatimiz, porloq istiqbolimiz va ezgu niyatlarimiz ramzi bo`lgan Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gul qo`ydi, deya xabar beradi O`zA.        

Muhammad Navoz Sharif ushbu muazzam maydonda Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida amalga oshirilgan ulkan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlariga yuksak baho berdi.

Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Muhammad Navoz Sharif O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Shavkat Mirziyoev hamrohligida Samarqandga tashrif buyurdi.

Oliy martabali mehmon Imom Buxoriy majmuasini ziyorat qildi, Mirzo Ulug`bek rasadxonasi va muzeyi bilan tanishdi.

Amir Temur maqbarasi va Registon majmuasi pokistonlik mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.

Pokiston delegasiyasi a`zolari mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan yuk avtomobillari va avtobuslar, qishloq xo`jalik texnikalari ko`rgazmasini ham ko`zdan kechirdi. Samarqanddagi “JV MAN Auto Uzbekistan”, “SamAvto” korxonalarida ishlab chiqarilayotgan “MAN” va “Isuzu” rusumli yuk mashinalari, avtobuslar va boshqa transport vositalari mehmonlarda katta qiziqish uyg`otdi.

Shu bilan Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Muhammad Navoz Sharifning mamlakatimizga rasmiy tashrifi yakuniga etdi.

 

    Boshqa yangiliklar