AsosiyJamiyat

Ikki nafar o`zbekistonlik Fransiyaning San`at va adabiyot ordeni kavaleri unvoni bilan taqdirlandi

Fransiya elchisi Jak-Anri Els Fransiya Respublikasi madaniyat va aloqa vaziri Flyor Pellerin nomidan o`zbekistonlik Zoyirsho Qilichev va Tolib Nizomovlarga San`at va adabiyot ordeni kavaleri nishonini topshirdi.

Bu haqda Fransiyaning O`zbekistondagi elchixonasi saytida xabar beriladi. Orden sohiblaridan biri Zoyirsho Qilichev «Buyuk ipak yo`lida karvonsaroy» Fransiya-O`zbekiston uyushmasi ta`sischilaridan biri, me`moriy yodgorliklarni ta`mirlash bo`yicha mutaxassisdir. Yana bir orden sohibi Toshkent arxitektura qurilish institutining sobiq rektori, mazkur institut bilan Versal arxitektura oliy maktabi o`rtasida hamkorlik o`rnatilishining tashabbuskorlaridan biridir. 

Ushbu orden Fransiyada, shuningdek, butun dunyoda san`at va adabiyotning gullab-yashnashiga qo`shgan xizmatlarini taqdirlash uchun fransuzlarga hamda chet el fuqarolariga beriladigan mukofotdir. 

    Boshqa yangiliklar