AsosiyDunyo

Terrorchilar boshi uchun 50 million dollar mukofot puli va`da qilindi

Sinay yarim orolida A-321 samolyotini portlatishga aloqador shaxslar to`g`risidagi ma`lumot uchun  50 million dollar mukofot puli e`lon qilindi.  Bu haqda “Vesti.ru” xabar bermoqda.

Bu jinoyatchilarni tutish uchun nafaqat Rossiya, balki butun dunyo tarixida e`lon qilingan eng yirik mukofot summasi hisoblanadi.  Xuddi shu miqdordagi mukofot pulini AQSh hukumati 1-raqamli terrorist Usama Ben Lodenning boshi uchun bergan edi.

Bundan oldin 2004-yilda Rossiya hukumati tomonidan Shamil Basaev va Aslan Masxadov singari jinoyatchilarni tutish maqsadida 300 million rubl(o`sha vaqtdagi kurs bo`yicha 10 million dollar) mukofot puli e`lon qilingan edi.    

“Terroristlarni tutishga  ko`maklashuvchi  ma`lumotlar taqdim etgan shaxsga 50 million AQSh dollari miqdoridagi mukofot taqdim etiladi”, ­­­­­—  deb xabar beradi Rossiya Federasiyasi Federal xavfsizlik xizmati.

Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putin samolyot bortida portlashni amalga oshirgan terroristlar topilishini ta`kidlagan. “Terroristlar er sharining qaysi burchagiga yashirinmasin, biz ularni izlashda davom etamiz” — dedi Prezident.

Eslatib o`tamiz, Sharm-el-Sheyx —Sankt-Peterburg yo`nalishida  parvoz qilayotgan samolyot avialayner bortida portlovchi moslamaning harakatga keltirilishi natijasida  halokatga uchragan edi. Mazkur halokat terakt sifatida baholanmoqda.

Hozirda Rossiya Federasiyasi federal xavfsizlik xizmati va huquq-tartibot organlari tomonidan mazkur jinoyatga aloqador shaxslarni qidirish bo`yicha chora-tadbirlar  amalga oshirilmoqda.

Darakchi.uz'ni Telegram'da kuzating!

    Boshqa yangiliklar