“Toshkent” seysmostansiyasining ma`lumotlariga ko`ra, 17 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan kech soat 22:29 da zilzila qayd etildi.
Zilzila epimarkazi Qirg`izistonning sharqiy yo`nalishida Toshkent shahridan 36 km. uzoqlikda joylashgan. Qirg`izistonda zilzila magnitudasi 5-7 ballni tashkil qildi.
O`zbekiston shaharlari bo`yicha zilzila magnitudasi quyidagicha qayd etildi:
Toshkent - 2.5- 3 ball;
Andijon - 4 ball;
Farg`ona va Namangan - 3 ball;
Sirdaryo - 2 ball.





