Dunyoga mashhur Chevrolet avtomobil ishlab chiqaruvchisi dekabr oyining boshida Cobalt avtomobilini yangilangan talqinda taqdim etadi. Ma`lum bo`lishicha, avtomobil restaylingning o`zi bilan kifoyalanmaydi: uning komplektasiyasi mashina narxiga ham ta`sir qiladi.
Tan olish kerakki, aniq materiya haqida gapirishga hali erta: taqdim etilgan tasvirlar AutosSegredos nashri avtomobil jurnalistlarining fantaziyasi xolos. Nashr manbalarining ta`kidlashicha, yangi Cobalt’ning svetotexnikasida yangi diodlar paydo bo`ladi, farada ham, orqa yoritgichlarda ham. Bundan tashqari avtomobil orqa ko`rinish kamerasiga hamda sensor displeyli MyLink II yangi avlod multimediya tizimiga ham ega bo`ladi.





