AsosiyDunyo

Putin: IShID 40 ta mamlakat tomonidan moliyalashtirilmoqda

Bugun Antaliyada “katta yigirmatalik” sammiti nihoyasiga etdi.

Yig`ilishda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin o`z hamkasblariga terrorizmni rivojlantirish kanallari haqida fikrini bayon qildi. Bundan tashqari, u ushbu illat bilan kurash davom ettirilishini ma`lum qildi.

Rossiya prezidentining so`zlariga ko`ra, “Islom davlatini” moliyalashtiish ishlari bilan 40 ta mamlakat shug`ullanmoqda, ular orasida "yigirmatalikka" kiradiganlar ham bor, deya xabar beradi "Rossiya 24".

"Biz hamkasblar bilan ushbu masalani muhokama qilgandik. Biz kelgusida ham bu boradagi hamkorlik ishlarni davom ettiramiz degan umiddaman", — dedi Putin G20 xulosalariga bag`ishlangan birifingda.

    Boshqa yangiliklar