AsosiyJamiyat

O`zbekistonda antibiotiklar haqida xabardorlik kuni nishonlanadi

Joriy yilning 18 noyabr kuni “Poytaxt” biznes-markazida Antibiotiklar haqida xabardorlik kuniga bag`ishlangan matbuot anjumani bo`lib o`tadi.

Matbuot anjumanida Sog`liqni saqlash vazirligi mutaxassislari, Epidemiologiya, mikrobiologiya va infeksion kasalliklar ilmiy-tadqiqot instituti, ilmiy tibbiyot markazlari, poytaxtimiz va viloyatlardagi yuqumli kasalliklar klinikalari mutaxassislari, dorishunoslar, veterinarlar, oziq-ovqat sanoati mutaxassislari, shuningdek, Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti, Kasalliklar profilaktikasi va nazorati markazi kabi xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etadi. Bu haqda Vazirlikning UzMedInfo markazi Axborot xizmati xabar beradi.

Matbuot anjumani doirasida mamlakatimiz olimlari bilan bir qatorda, xorij mamlakatlaridan tashrif buyurgan yirik tadqiqotchilar ma`ruzalar bilan qatnashadi.

Mazkur matbuot anjumanidan ko`zlangan asosiy maqsad mikroorganizmlarning mikrobga qarshi preparatlarga nisbatan chidamliligi bo`yicha chora-tadbirlarni muhokama qilish hisoblanadi.

 

 

    Boshqa yangiliklar