Alisher Navoiy nomidagi O`zbekiston davlat akademik Katta teatri 86-ijodiy mavsumining ochilish marosimi bo`ldi.
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan teatr binosi rekonstruksiya qilinib, mutlaqo yangicha, yanada ko`rkam va betakror qiyofa kasb etdi. Bunyodkorlik ishlari jarayonida binodagi noyob me`morlik, tasviriy va amaliy, bezakli-dekorativ san`atning go`zal namunalarini asl holicha saqlab qolishga alohida e`tibor qaratildi. Ayni paytda tomosha zalida, foyeda tomoshabinlar uchun barcha zarur sharoit yaratilgan. Zal, sahna, orkestr uchun mo`ljallangan maxsus joy eng zamonaviy ijro, yoritish va ovoz kuchaytirish uskunalari bilan jihozlangan.
86-mavsumining ochilish marosimida o`zbek va jahon kompozitorlarining asarlaridan namunalar, o`zbek mumtoz ashulalaridan iborat konsert namoyish etildi.





