AsosiyShou-biznes

O`zbekistonlik bolalar Parijdagi festivalda g`alaba qozondi

Parijda «Iste`dodlar salyuti» loyihasi doirasida XXIV Xalqaro bolalar va o`smirlar ijodi festival-ko`rgazmasi bo`lib o`tdi.

O`zbekistondan borgan 2-sonli bolalar musiqa maktabi hamda Qo`qondagi 7-sonli bolalar musiqa maktabi o`quvchilari ko`rgazmada g`alabani qo`lga kiritishdi.

Hafiza Tagirova «Cholg`u san`ati, mumtoz, fortopeano, solo» nominasiyasining yoshlar kategoriyasida g`oliblikni qo`lga kiritdi. O`rta yosh kategoriyasida Shohrux Baxtiyorov, Madinabonu Dehqonova g`alaba qozonishdi. Sherzodbek Yo`ldoshev «Cholg`u san`ati, xalq ijodi, doira, solo» yo`nalishida birinchi o`rinni qo`lga kiritdi.   

 

 

    Boshqa yangiliklar