AsosiyJamiyat

Pokiston Bosh Vaziri O`zbekistonga keladi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning taklifiga binoan Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Muhammad Navoz Sharif 2015 yil 17-18 noyabr kunlari rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda bo`ladi.

Tashrif dasturidan ikki mamlakat rahbarlarining uchrashuv va muzokaralari o`rin olgan. Ularda O`zbekiston va Pokiston o`rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda hamkorlikning bugungi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilish, mintaqaviy va xalqaro muammolar yuzasidan fikr almashish rejalashtirilgan.

Tashrif yakunlari bo`yicha O`zbekiston Respublikasi bilan Pokiston Islom Respublikasi o`rtasida Qo`shma deklarasiya qabul qilinishi, turli sohalardagi o`zaro hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan hujjatlar imzolanishi mo`ljallangan.

 

    Boshqa yangiliklar