Fransiya poytaxti shanbaga o`tar kechasi bir qator terroristik hujumlar ostida qoldi. Buning oqibatida 120 dan 153 nafargacha odam halok bo`lgan bo`lishi mumkin, ikki yuzdan ortiq kishi yaralandi. Fransiya Prezidenti Fransua Olland mamlakatda favqulodda holat e`lon qildi.
Teraktlar juma kuni kechki payt bir vaqtning o`zida Parijning ettita tumanida sodir bo`ldi.
Terakt Fransiya tarixida eng yirigi bo`ldi. Parij polisiyasi terroristni qo`lga oldi, tahminlarga ko`ra, u "Islom davlati"dan. Ayni damda Fransiya davlat chegaralarini yopib qo`ydi. Hozirda ko`pgina mamlakatlar Fransiya xalqiga ta`ziya bildirib, o`z yordamlarini taklif etishmoqda.
Dastavval noma`lum kimsalar Parijning 10-Okrugida joylashgan restoranlardan birida otishma uyushtirishdi. So`ngra “Bataklan” teatrida Amerikaning rok-guruhi konsert berayotgan bir paytda otishma yuz berdi. Guvohlarning so`zlariga ko`ra, hujumchilardan biri "Bu Suriya uchun!", deya baqirgan.
Bundan tashqari mamlakat prezidenti qatnashayotgan Fransiya — Germaniya o`rtasidagi o`yin bo`lib o`tayotgan "Stad de Frans" stadioni yaqinida uchta portlash sodir bo`lgan.
"Islom davlati" terroristik guruhi terroristik hujumlarga javobgarlikni o`z bo`ynga oldi.
"Bu Suriya uchun qasos. Bu Fransiya uchun 11 sentyabr", — deya sharhlanadi Islom Davlatining bayonoti.





