Ozodbek Nazarbekovning suriyalik bolakayga atab kuylagan “Aytib ber” qo`shig`i ko`plab muxlislarga manzur bo`lib, yilning xit qo`shiqlari darajasiga ko`tarildi, desak adashmaymiz...
Qo`shiqni avval o`zbek tilida kuylagan O`zbekiston Xalq artisti endi qo`shiqni fors va arab tillarida ham kuyladi. Qo`shiq tez orada e`tiboringizga havola etiladi.
Darvoqe, Ozodbek Nazarbekov ushbu mashhur qo`shiqni ingliz tilida ham kuylamoqchi. Qiziq, mazkur qo`shiqning ingliz tilidagi talqini qanday chiqarkan?





