AsosiyDunyo

Finlyandiya fuqarolari har oy 800 Evro olishadi

Finlyandiya shartsiz daromad davlat dasturini ishlab chiqmoqda. Uni ishga tushirilganidan keyin, mamlakat fuqarolariga har oy - 800 evro to`lanishi kafolatlanadi. 

Boshlang`ich bosqichda to`lovlar har oyda 550 evroni tashkil qiladi, deya xabar beradi Finlyandiyaning Yle nashri. Hukumat loyihani 2016 yilning noyabr oyigacha hukumat loyihani oxiriga etkazishni rejalashtirmoqda. Ilk bor ushbu g`oyani mamlakat bosh vaziri Yuxa Sipila taklif qildi hamda shartsiz daromad ijtimoiy sug`urtaning o`rnini bosishi mumkin. Xuddi shunday loyihani 2016 yilning yanvar oyida Niderlandiyaning Utrexte shahrida yo`lga qo`yishadi – u erda to`lov bir kishiga 900 evroni tashkil qiladi.

Avval o`tkazilgan tajribalar shuni ko`rsatdiki, bunday choralar ijtimoiy tanglikni kamaytirib, tekinxo`rlik o`sishini oldini oladi.

    Boshqa yangiliklar