Toshkentdagi Markaziy "Paxtakor" stadionida O`zbekiston hamda KXDR milliy terma jamoalari o`rtasidagi JCh-2018 saralash uchrashuvi yakuniga etdi.
Unda 3:1 hisobi qayd etilib, o`zbekistonlik futbolchilarning g`alabasi bilan yakunlandi, deya xabar beradi Uff.uz sayti.
O`yin kutilganidek, shiddatli kurashlarga boy tarzda boshlandi. Kutilmaganda, vakillarimiz tezkor gol o`tkazib yuborishdi.
3-daqiqadayoq Ri Xyong Chol jamoasini oldinga olib chiqdi. Hammasi shundan keyin boshlandi.
Hayajonli damlar kishi vujudini chulg`ab oldi. Yaxshiki, futbolchilarimiz o`zlariga kelib, hisobni tenglashtirishdi. Igor Sergeev boshi bilan gol urib, oradagi farqni yo`qqa chiqardi. Shu tariqa jamoalar tanaffusga chiqib ketishdi.
Ikkinchi bo`limda o`yin tengkurashlar ostida kechdi. Zaxiradan maydonga tushgan Aleksandr Geynrix butun o`zbek xalqiga quvonch olib keldi. Odil Ahmedov esa, 86-daqiqada supergoli bilan futbol bayramini boshlab yubordi.
Judu muhim o`yinda O`zbekiston termasi g`alaba qozondi.





